So’nggi yangiliklar

16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0

17 fev 20:22
Yangiliklar

Futbol

Davron Kabulov Azizbek Haydarovga javob berdi

"Million" jamoasining azosi Davron Kabulov O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov haqidagi savolga javob berdi.

"So'nggi bir yil ichida men haqimda negativ fikr bildirganlarga javob qaytarmadim. CHunki, shov-shuv ko'tarishning oson usluli Davronga nimadir degin va u senga qanday javob qaytaradi. SHunday yo'l bilan xalqning og'zidasan. Kanizaning ajrashib ketishi, "Million"dan 4 kishini chiqib ketishi, mehmonxonadagi qo'shnilar voqeasi kabilar bilan shov-shuv etarli bo'lib qoldi. O'zimga-o'zim kim gapirsa ham javob qaytarmayman dedim.

Endi Aziz Haydarovga to'xtaladigan bo'lsam, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq azosi, hozirda terma jamoalar bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan inson hisoblanadi. U intervyuda: "Davronga savol bersam gapirolmay a-a-a-a deb qoldi",- degan. Birinchidan men bunga engilroq yondashdim. Biz futbolchilarni har koncertimizda hazil qilamiz. SHu bois bir gapirgan bo'lsa gapiribdi-da manoda qabul qildim.

Lekin aslida voqea, suhbat bunday ko'rinishda bo'lmagan. Aziz Haydarov terma jamoalar markazida katta masalalarni hal qiladi, deb o'ylaymayman. Hal qiladigan odamlar ichida Aziz Haydarovni yo'q, deb hisoblayman. SHaxmatda shox, farzin degan narsalar bor. Uni men shox sifatida ko'rmayman. Yakuniy qarorni u qabul qilmaydi. Bu meni shaxsiy fikrim. Yolg'on aralashgani uchun javob qaytarishni lozim ko'rmadim.

Aslida Haydarov "Kelinglar, avval murabbiylikka o'qinglar" degandi. Biz Alisher Uzoqov bilan birga rostdan ham Jismoniy tarbiya institutiga borib o'qimoqchimiz.

O'zbekiston Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazgan paytda tarkibda bo'lgan Aziz Haydarov a-a-a deb qolgan bo'lishi mumkin. Agarda Aziz Haydarov istasa terma jamoa yig'ini bo'ladigan paytda Vadim Abramoa bilan birgalikda asosiy tarkibni yig'ishsin. Men esa O'zbekiston chempionatidagi qolgan futbolchilardan bitta tarkib tuzaman. Yonimga bitta murabbiy olaman. Asosiy tarkibga jalb qilinmagan futbolchilardan tarkib tuzaman. Marhamat istashsa o'yinni telekanalda jonli efirda ko'rsatsin",- deydi Davron Kabulov "Chotki TV" kanaliga bergan intervyusi chog'ida.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing