30 iyu 09:34
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston MTJ azosi jarohat sababli kamida bir oy maydonga tushmaydi
"Dinamo" va O'zbekiston MTJ azosi Azizbek Amonov jarohat sababli kamida bir oy maydondan tashqarida bo'ladi.
Bu haqda samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov malum qildi.
"Amonovda jarohat bor. Uzoq vaqtga safdan chiqqan. Kamida 1 oy o'ynamaydi", - dedi Abramov.
28 yoshli futbolchi JCH-2026 bahslarida O'zbekiston MTJ safida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushgandi.

Havola :
Fikrlar