04 noy 15:07
Yangiliklar
Tennis

Del Potro ATP Yakuniy turnirida qatnashish imkoniyatini yo'qotdi
Argentinalik tennischi Xuan Martin del Potro Parijdagi "Masters"da chorak finalda Jon Iznerga yutqazib qo'ydi.
Agar u g'alaba qozonganida Londonda bo'lib o'tadigan yilning yakuniy turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritardi.
Endi turnirda ishtirok etishi mumkin bo'lgan tennischilar uch nafar qoldi: Jon Izner va Jek Sok turnirda qatnashish uchun Parijda g'olib chiqishi kerak. Agar ular g'olib chiqmasalar, Pablo Karreno-Busta yakuniy turnirda qatnashadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar