28 noy 10:01
Yangiliklar
Tennis

Del Potro - Federer to'qnashuvi 2017 yilgi mavsumda eng zo'ri deb topildi
ATP matbuot xizmati 2017 yilning eng zo'r to'qnashuvi qaysi tennischilar o'rtasida bo'lib o'tganligini elon qildi.
Argentinalik Xuan Martin Del Potro va shveycariyalik Rojer Federerlar o'rtasidagi o'yinlar 2017 yilning eng muhim to'qnashuvlari deb topildi.
Tennischilar mavsumda to'rt marotaba to'qnash keldilar. Ularning uchrasida shveycariyalik tennischi g'alaba qozondi. Bittasida esa argentinalik tennischining qo'li baland keldi. Federer Mayami, SHanxay va Bazeldagi o'yinlarda g'olib bo'lgan bo'lsa, Del Potro AQSH Ochiq chempionatida g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar