28 fev 17:45
Yangiliklar
Tennis

Del Potro Indian-Uellsda titulini himoya qila olmaydi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Xuan Martin Del Potro Indian-Uellsdagi turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Argentinalik tennischi "Masters" seriyasiga kiruvchi ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Potroning bunday qarorga kelishiga uning tizzasidagi jarohati sabab bo'ldi.
Aynan shu jarohat tufayli u o'tgan mavsumni muddatidan avval yakunlashga majbur bo'lgan edi. Avvalroq Xuan Martin Akapulkodagi turnirda ham qatnashishdan bosh tortgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar