23 fev 11:27
Yangiliklar
Tennis

Delrey-Bich. Jon Izner yarim finalga chiqdi
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Jon Isner AQSHning Delrey-Bich shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim finaliga yo'l oldi.
Amerikalik tennischi Delray Beach Open musobaqasining chorak finalida franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqdi. Isner reytingning 51-pog'onasidan joy olib turgan raqibini mag'lub etdi.
Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Jon 7/6(2), 6/4 hisobida zafar quchdi. Endi Izner Delrey-Bich turnirining yarim finalida britaniyalik Den Evansga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar