So’nggi yangiliklar

19:06Олимпиада чемпиони Гейбл Стивесон ММАдаги учинчи ғалабасини қўлга киритди (ВИДЕО) 0 18:45Octagon League'нинг кейинги турнири ҳам Тошкентда бўлади (ПОСТЕР) 0 18:24Қотиллик учун жазо ўтаган "Фламенго" собиқ сардори футболга қайтди 0 18:03Нассурдин Имамов уни террорчи деб атаган Стриклендга жавоб қайтарди 0 17:42Боксчиларимизнинг "Кичик Жаҳон чемпионати" — "Странжа" учун таркиби эълон қилинди 0 17:21Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича мусобақа ўтказилди 0 17:00"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди 0 16:39ATFC Лигасининг навбатдаги турнири Самарқандда ўтказилади (ПОСТЕР) 0 16:18Бектемир Мелиқўзиевнинг рақиби бўлажак жанг олдидан нималар деди? 0 15:57Оксана Чусовитина Жаҳон кубогининг финалига йўл олди 0 15:36Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар 0 15:15Қишки Олимпиада-2026. Ўн олтинчи куннинг барча натижалари битта хабарда 0 14:54Кроуфорд режадагидан аввалроқ фаолиятини якунламоқчи бўлган экан 0 14:33Манба: Алекс Перейра ва Сирил Ган камар учун жанг қилади 0 14:12Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди + ФОТО 0

13 iyu 19:50
Yangiliklar

Tennis

Denis Istomin 17 yillik hukmronlikdan so'ng "taxt"ni bo'shatdi

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin 17 yillik hukmronlikdan so'ng o'z taxtini bo'shatadigan bo'ldi.

Istomin 2005 yilning 20 iyun kuni elon qilingan haftalik reytingda sobiq tennischimiz Farrux Do'stovni ortda qoldirib, O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylangan edi. Professional faoliyatini boshlaganidan keyin 1 yil o'tib, birinchi raqamli tennischiga aylangan Istomin o'shanda 19 yosh edi. SHundan buyon taxtni hech kimga boy bermagan Istomin yangilangan haftalik reytingda Humoyun Sultonovni o'tkazib yubordi. Sultonov bu hafta o'z o'rnidan 12 pog'ona yuqoriladi va mamlakatimizning birinchi raketkasi aylandi. Yangilangan ATR reytingida Humoyun Sultonov 370-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, Denis Istomin 373-pog'onaga joylashgan.

Aytish kerakki, ushbu yillar davomida Denis Istomin o'zbek tennisini o'z elkasida "ko'tarib" yurdi. Bir necha yillar davomida dunyoning Top-100 tennischilari qatorida turdi va "Katta Dubulg'a" turnirlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Afsuski, oxirgi 15 yilda Istomindan boshqa tennischilarimiz "katta" turnirlarda umuman ko'rinish bermadi. Yosh tennischilarimiz hozir ham "Fyuchers" va "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirlardan nariga o'ta olishmayapti. 

Eslatib o'tamiz, Denis Istominning ATR reytingidagi eng yaxshi natijasi 33-o'rin bo'lgan. U bu ko'rsatkichni 2012 yilda qayd etgan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing