02 jan 17:20
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin 2017 yilgi ilk uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha yilning dastlabki “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi juftliklar musobaqasining ilk davrasida rossiyalik Mixail Elgin bilan birga Gregor Barrere va Jonatan Eyserikka 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Istomin bor etiborini yakkalikdagi ishtirokiga qaratadi. Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz ertaga ilk davrada mezbon tennischi Konsap Kongarga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar