22 avg 10:47
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin AQSHdagi turnir birinchi bosqichidagi o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Uinston-Salemdagi turnirda ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Tennischimiz ilk davrada bosniyalik Damir Jumxurga qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 67-raqamli tennischisiga qarshi 1 soat 5 daqiqa davomida bo'lib o'tgan o'yinda Denis 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Istominning navbatdagi musobaqasi AQSH ochiq chempionati bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar