11 jan 15:39
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Australian Open'ni kimga qarshi boshlashi aniq bo'ldi
15-28 yanvar kunlari Melburn shahrida yilning ilk "Ulkan toj" turniri - Avstraliya ochiq chempionati start oladi.
Musobaqani O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin asosiy
davradan boshlaydi. Hamyurtimizga ilk davrada franciyalik Per-Yug Erber raqiblik qiladigan bo'ldi.
Malumot uchun, Denis dunyo reytingida 60-o'rinni egallab turibdi. Franciyalik tennischi esa 73-pog'onadan joy olgan.
Tennischilar bungacha o'zaro o'yinlarda to'qnash kelmaganlar.
Bahs g'olibi ikkinchi davrada Anderson/Edmund o'yini g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar