27 iyu 18:40
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/78302_220.jpg)
Denis Istomin Avstriyadagi musobaqada kortga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstriyaning Kicbyuel shahrida o'tkaziladigan musobaqada o'yin o'tkazdi.
Bugun hamyurtimiz musobaqa saralashi doirasida mezbon sportchi Lukas Midlerga qarshi bahs yuritdi. 1 soat 5 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski Denis raqibiga 1:6, 3:6 hisoblarida yutqazdi va turnirdagi ishtirokini saralash bosqichidayoq yakunladi.
Taqqoslash uchun Denis ayni paytda jahon reytingida 107, Midler esa 247-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar