So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

20 jan 21:48
Yangiliklar

Tennis

Denis Istomin Bangkokdagi "CHellenjer", AQSHga ketishi va Tailanddagi futbolchilarimiz haqida gapirdi

Teglar :  TennisDenis Istomin
Hozirda barcha futbol ishqibozlarining nigohi Tailand yashil maydonlarida o'tayotgan futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatidagi terma jamoamizning ishtirokiga qaratilgani aniq.

SHu bilan bir qatorda Tailand poytaxti tennis bo'yicha “Bangkok Open-2020 Challenger” turniriga ham mezbonlik qilmoqda. Etiborlisi, musobaqa terma jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaning yonginasida o'tadi va unda yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ham ertaga o'z ishtirokini boshlaydi. Fursatdan foydalanib, Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati vakili hamyurtimizning musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi va Osiyo chempionati haqidagi fikrlarini olishga muvaffaq bo'ldi. 


–  Turnirga tayyorgarlik qanday ketmoqda? 

–  Hozir biz ham Tailandda bo'ladigan chellenjer turniriga tayyorlanmoqdamiz. Kuni kecha ulardan biri yakunlandi va undagi ishtirokim muvaffaqiyatli o'tdi, deya olmayman. Bunaqa noqulay ob-havoda yaxshi o'yin ko'rsatish juda qiyin. Nima bo'lganda ham bu mavsumning boshlanishi. Eng asosiysi Olimpiadaga tayyorlanish va unda yaxshi ishtirok etish. 


–  Tailanddan keyin qaysi turnirga yo'l olasiz? 

–  AQSHga yo'l olishni rejalashtirganman. Martgacha u erdagi turnirlarda ishtiroq etmoqchiman. Sababi mart oyida bizni “Devis kubogi”da aynan AQSH terma jamoasi bilan o'yin kutib turibdi. Okean orti safarida shu turnirga ham tayyorlanib boraman. 


–  Tailandda parallel ravishda futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionati ham o'tmoqda. Vakillarimizning muvaffaqiyatli o'yinini kuzatdingizmi? 

–  Afsuski, rasmiy mashg'ulot va noquliy grafik sabab stadionga tusha olmadim. Lekin yigitlarimizning natijasini kuzatib bordim va g'alabalarini eshitib xursand bo'ldim. Sezib turibman, har bir yurtdoshimiz ularning g'alabalariga ishonmoqda va astoydil muxlislik qilishmoqda. Fursatdan foydalanib, ularga mazkur Osiyo chempionatida omad va g'alabalar tilab qolaman. Olg'a, O'zbekiston! 


O'z navbatida biz ham Denis Istominning musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishi va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini tilab qolamiz.,

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing