11 noy 07:55
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Bratislavadagi turnirda mag'lubiyatga uchradi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida o'tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 85 ming evroni tashkil etuvchi ushbu “CHellenjer” turkumidagi turnirning ilk davrasida asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan slovakiyalik Tomas Liskani 7:6(3), 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
Afsuski, Denis chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ukrainalik Sergey Staxovskiyga qarshi kechgan bahsda vakilimiz 6:7, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro o'yinlarda Staxovskiy 4:3 hisobida oldinga chiqib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar