25 iyu 10:05
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin bugun juftlik bahsida kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.
Hamyurtimiz Swiss Open Gstaad turnirining yakkalik bahsi ilk davrasida italiyalik Lorenco Justinoni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi. Bugun u rossiyalik Mixail Elgin bilan birga juftlikda kortga chiqadi.
Istomin va Elginning
birinchi bosqichdagi raqiblari Sander Arends va gollandiyalik Robin Xaase bo'ladi. Ertaga
esa Denis yakkalikning ikkinchi davra uchrashuvida o'z imkoniyatini sinovdan
o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar