15 okt 14:14
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin: “Bugungi mag'lubiyatda o'zim aybdorman”
Xabar berganimizdek, hozirgina poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida “Toshkent CHellenjer” musobaqasi yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning yakkalik bahslarida Konstantin Kravchuk bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Rossiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning amaldagi g'olibi hamyurtimiz Denis Istominni 7:5, 6:4 hisobida taslim etdi.
Taqdirlash marosimida so'zga chiqqan Denis Istomin o'z fikrini bildirar ekan, finaldagi mag'lubiyatga o'zi sababchi ekanligini aytdi.
“Avvalo, bugungi g'alaba bilan Kostyani tabriklayman. U Toshkentda juda yaxshi haftani o'tkazdi. Qolaversa, turnir tashkilotchilari, tennis federaciyasi rahbariyatiga ajoyib tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildiraman.
Juda yaxshi musobaqa guvohiga aylandik. Laynsmen va bolboylarga alohida rahmat. Hafta davomida qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham o'z tashakkurimni bildiraman. Bugun o'z xatoim sabab yutqazdim. Hech qanday bahona qilmayman”, ‑ deya so'zlariga yakun yasadi Istomin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar