07 sen 07:49
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin CHikagoda ikkinchi g'alabasini tantana qildi
SHu kunlarda AQSHning CHikago shahrida mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa davom etmoqda.
Ushbu “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqdi.
Dunyo reytingida 370-o'rinni egallab turgan Polga musobaqa tashkilotchilari asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishgandi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan uchrashuvda Istomin raqibini 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar