01 mar 07:45
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Dubay turniridagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin BAAning Dubay shahrida davom etayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz asosiy to'rning birinchi davra uchrashuvida Robin Xaasga qarshi kortga chiqdi. Gollandiyalik raketka ustasi dunyo reytingida 66-pog'onadan joy olgan. Istomin esa 68-o'rinni egallab turibdi.
Bir soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda Istomin raqibiga 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tennischilar shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgandi. Ularning har ikkisida ham gollandiyalik sportchining qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar