05 okt 12:00
Yangiliklar
Denis Istomin final ostonasida uch set ter to'kdi
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Osiyo o'yinlari g'olibi Almatida ham g'olibona yurishini davom ettirmoqda.
Hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvida tennischimiz Lukash Rosolga qarshi kortga chiqdi. CHexiyalik 33 yoshli tennischi o'z vaqtida dunyoning 24-raketkasi bo'lgandi. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan murakkab bahsda Denis raqibini 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub eta oldi.
Etiborga molik jihati shundaki, ikkinchi va uchinchi setlarda Istomin 0:2 hisobida mag'lub bo'la turib, chiroyli tarzda breykni amalga oshira oldi va finalga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 103, Lukash Rosol esa 177-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro turnirlarda besh marotaba to'qnash kelishgandi. Bugun oltinchi uchrashuvda Denis umumiy hisobdagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi. Qolgan to'rtta bahsda Rosol zafar quchgan edi.
Fikrlar