02 fev 19:02
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin Franciyada uch setlik o'yin o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Franciyaning Kvimper shahridagi "CHellenjer" turnirining birinchi davrasida o'yin o'tkazdi.
Ushbu o'yinda hamyurtimizga germaniyalik Tobias Kamke raqiblik qildi.
2 soat 6 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski tennischimiz 7:5, 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda jahon reytingida 183, Kamke esa 235-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar