21 sen 17:41
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Franciyadagi turnirda ikkinchi davra o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Metcda bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Sportchimiz ikkinchi davradagi o'yinida dunyoning 186-raketkasi hisoblangan tennischi germaniyalik Yannik Madenga qarshi kortga chiqdi. Istomin 2 soatu 32 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibini 6:3, 6:7(6:8), 7:6(7:0) hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.
Endi Denis turnirning yarim finaliga chiqish uchun ayni paytda reytingning 64-pog'onasida borayotgan gruziyalik Nikolaz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar