12 iyu 16:34
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin Germaniyada jahonning 22-raketkasini mag'lub etdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin SHtutgartdagi musobaqada ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Bugun hamyurtimiz ilk davrada mezbon tennischi, turnirda 5-raqam ostida saralangan Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 43 daqiqa davom etgan bahsda Denis raqibini 7:6, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi. Qayd etib o'tish lozimki, Filipp jahon reytingida ayni paytda 22-o'rinni egallab turibdi. Denis Istomin esa 100-o'ringa joylashgan.
Istomin endi ikkinchi davrada boshqa bir germaniyalik tennischi - Florian Mayerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Bravooo!.
Bõlarkanu yutib õynasa.
Shu nemisni xam yutsang kamida 85- õrin naqt.