09 sen 08:55
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin Jenovada turnirining juftligida mag'lub bo'ldi
Italiyaning Jenova shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 106 ming 500 evroni tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Afsuski, hamyurtimiz juftliklar bahsining ilk davrasida mag'lubiyatga uchradi.
Rossiyalik Teymuraz Gabashvili bilan juftlik xosil qilgan Istomin Dino Markan hamda Rikkardo Gedin tandemiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Denis yakkalik musobaqasida chorak finalga yo'l olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar