24 noy 17:30
Yangiliklar
Tennis

Denis Istomin juftliklar musobaqasida finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining juftliklar bahsida xuddi yakkalikda bo'lgani kabi hamyurtimiz Denis Istomin muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem xosil qilgan mamlakatimizning birinchi raketkasi bugun final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Istomin va Elgin yarim finalda Xitoy Taypeyi vakili Ti CHen va xorvatiyalik Ante Pavichni 6:1, 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar