25 okt 10:11
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin Lujouda qiyinchiliksiz 1/2 finalga chiqdi
Xitoyning Lujou shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 54 160 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. ATP reytingida 211-o'rinni egallab turgan Istomin hozirgina yakuniga etgan chorak final bahsida g'alabaga erishdi.
Turnirning 9-raketkasi bo'lgan Denis 15-raqam ostida tasniflangan Xitoy Taypeyi vakili Tun-Lin Vuni 6:2, 6:3 hisobida dog'da qoldirdi. Uchrashuv 1 soatu 4 daqiqa davom etgan. Vu ATP reytingida 239-pog'onadan joy olgan. Istominning 1/2 finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar