04 avg 14:05
Yangiliklar
Tennis
Denis Istomin: "O'zimni juda yaxshi xis qilyapman"
Avstriyaning Kitcbyuel shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Bizning vaqt bilan soat 17:00da ushbu musobaqaning yakkalik bahslaridagi final uchrashuvi boshlanadi. Unda hamyurtimiz Denis Istomin slovakiyalik Martin Klijanga qarsha kortga chiqadi. Final oldidan Istomin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu erdagi muhit menga har tomonlama maqul kelyapti. Aynan mening o'yin uslubimga mos muhit. Menga bunday sharoitda o'ynash yoqadi. Final oldidan o'zimni juda yaxshi xis qilyapman. Kayfiyatim ham alo”, - dedi Istomin.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin jahon reytingida 95, Martin Klijan esa 112-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan. Ikki bor Denis, yana bir uchrashuvda Martin g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar