So’nggi yangiliklar

13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0

09 avg 09:02
Yangiliklar

Tennis

Denis Istomin: Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlikda kerakli musobaqalarni oldindan tanlab oldik

Teglar :  TennisIstomin
Tennischimiz Denis Istomin kelasi yili bo'lib o'tadigan Tokio Olimpiadasiga O'zbekiston terma jamoasi vakillari orasida birinchi bo'lib yo'llanma qo'lga kiritgan sportchi sanaladi.

Bo'lajak Olimpiadaga har bir sportchimizni puxta tayyorlash, ularning tayyorgarlik rejalarini federaciya mutasaddilari bilan o'rganish va tasdiqlash borasida istibolli rejalar ishlab chiqilgan. SHu asosda kecha Denis Istomin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Sportchimizni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov qabul qildi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar berdi.


Istominga federaciya Bosh kotibi Iroda To'laganova hamda terma jamoa sardori Farruh Do'stov hamrohlik qildi. Uchrashuv chog'ida sportchimizning Tokio Olimpiadasi uchun ishlab chiqqan rejasi, tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

“Sportchi uchun eng yaxshi tayyorgarlik ko'proq musobaqalarda qatnashishi. Tokio-2020 uchun kichik jamoam bor. Bunda onam ham psixolog, ham murabbiy sifatida ishlasa, doim men bilan yuradigan fizioterapevt ham bo'ladi. Umuman olganda, Olimpiadada yaxshi natija ko'rsatishim uchun shu guruhning o'zi etarli. Qolgani mashg'ulotlar va musobaqalarda rivojlanadi. Mashg'ulotlar Moskva hamda Toshkentda bo'ladi. Hozir bor etiborimni bir necha kundan so'ng boshlanadigan AQSH ochiq chempionatiga qaratganman. Kelasi yil Tokioga yaxshi tayyorgarlikda etib borish uchun o'zimga kerakli musobaqalarni oldindan tanlab oldik va rejamiz asosida ish tutsak, barchasi ko'ngildagidek bo'ladi”, – dedi Denis Istomin.

Suhbat davomida sportchimizning Tokio Olimpiadasida yuqori natija ko'rsatishi uchun talab etiladigan barcha jihatlar atroflicha o'rganilib, kelgusida ham hamkorlikda ishlash borasida kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing