So’nggi yangiliklar

20:07Табило мавсумдаги иккинчи совринини қўлга киритди 0 19:46Шара Буллет UFC видеоўйинида пайдо бўлади (+ФОТО) 0 19:25Райан Гарсия дисквалификация бўйича яна судлашмоқчи 0 19:03Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда 0 18:41Киберспорт. Ўзбекистон терма жамоаси DOTA 2 бўйича Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритди 0 18:20Диана Шнайдер Бад-Хомбургни забт этди 0 17:59Хавфсизлик кучлари Хабиб Нурмагомедовни қидиргани маълум бўлди 0 17:38"Реал" футболчиси жамоага қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди 0 17:17IBA Серпуховда 5000 ўринли махсус арена қуради 0 16:54Девин Хэйни "таътилга чиқди", WBC Пуэлло-Мартин жангини эълон қилди 0 16:31Заурбек Сидаков фаолиятини якунлаши мумкинлиги, UFC'га ўтиш ва фуқаролигини ўзгартириш ҳақида гапирди 0 16:10ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги фикрини айтди 0 15:48Фьюри: "Усик, ортингдан боряпман" 0 15:25Тэйлор Фритц уч карра Rothesay International чемпиони! 0 15:02Дзюдочиларимиз “Осиё болалари” комплекс мусобақасининг илк кунида 5 та медаль қўлга киритишди, 3 таси олтин! 0

27 noy 16:43
Yangiliklar

Tennis

Denis Istomin uchun 2017 yilgi mavsum qanday o'tdi? (Yil sarhisobi)

Denis Istomin haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo ko'z oldimizda "TOP100"ning doimiy azosi gavdalanadi.

2016-yil Denis uchun muvaffaqqiyatsiz yakunlangandi. CHunki o'sha yili Istomin 2010 yildan beri ilk bor mavsumni "TOP100"dan tashqarida (121-o'rinda) yakunladi. O'yinlar statistikasi - 28-32. Mag'lubiyatlar soni ko'proq. O'sha paytlar "nahotki Istominning davri o'tdi, hali unga munosib izdoshlar etishib chiqmadiku" degan o'y-hayollar odamni ichini g'ash qilardi. Keling endi bir boshidan gaplashsak.

2016 yil ATP turnirlar yakuniga etdi. Odatda Istomin Parijdagi "Masters"dan so'ng mavsumni yakunlar va yangi yilning ilk kunidan boshlanadigan Avstraliya turnesigacha (dam olishga) sal kam ikki oy vaqti bo'lardi, ammo o'tgan yil bunday bo'lmadi. Yanvar oyining o'rtalarida boshlanadigan "Australian Open"ni asosiy davradan boshlash uchun tennischi kamida "TOP100"ga kirishi lozim edi. SHuning uchin Istomin Parijdagi "Masters" turniridan keyin ham tatilga chiqmadi, ATPdan so'ng ikkinchi o'rinda turadigan "CHellenjer"larda ishtirok etdi. "CHellenjer"da to'plagan ochkolari etmagach, unda oxirgi umid Osiyo-Okeaniya saralash o'yinlari bo'lib qoldi. AO (Australian Open) tashkilotchilari har yili dekabr oyida asosiy to'rga to'g'ridan-to'g'ri o'tish uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalariga yagona chipta berishadi. Buni qaranki Denis ushbu saralashda barcha raqiblarini mag'lub etib, o'sha chiptani qo'lga kiritadi.

Yangi yildan so'ng Denis ananasiga ko'ra Qatarga yoki Avstraliyada bo'lib o'tadigan ATP turnirlarida ishtirok etishi kerak edi. Lekin bu safar sportchi Tailandda bo'ladigan  "Bangkok CHellenjer"ga yo'l oldi va u erda ikkinchi davrada reytingi o'zidan ancha pastda bo'lgan chililik yosh Kristian Garinga uch setda 6-3, 4-6, 5-7 hisoblarida imkoniyatni boy beradi. Ana shunday paytlarda ko'ngildagi g'ashlik yanada kuchayib borardi.

Oradan ikki hafta vaqt o'tdi va nihoyat AO "Katta dubulg'a" musobaqalarining dastlabkisi. Qura natijalarini intiqlik bilan kutardim va nihoyat ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodig duch keldi. Ko'ngil biroz hotirjam. Xech bo'lmasa 45 reyting ochkosini ishlab olar degan hayollar o'tdi behosdan. Istomin Ivan Dodigni 4 setda mag'lub etdi. Ikkinchi davrada Denisni haqiqiy sinov kutarda: kimsan dunyoning o'sha paytdagi ikkinchi raketkasi Novak Jokovich! O'yinni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qildim. Uchrashuv sal kam besh soat davom etdi. Mana shu uchrashuvdan so'ng Istominni butun dunyo taniy boshladi.





Istomin Jokovichni 5 setda 7-6(8), 5-7, 2-6, 7-6(5), 6-4 hisoblarida mag'lub etdi va O'zbekistonni butun dunyoga yana bir bor tanitdi. Hammasi yaxshi edi, Jokovich mag'lub etilgandan so'ng keyingi raqibning kim ekanligini umuman farqi yo'q edi. Men uchun u kim bo'lishdan qatiy nazar Istomin uni ham mag'lub eta oladi deb ishonardim va shunday ham bo'ldi. Uchinchi davrada uni tirishqoq ispaniyalik Pablo Karreno-Basta kutib turardi, ammo Istominga buni farqi yo'q edi va yakunda Denis ispaniyalik raqibini ham 5 setda: 6-4, 4-6, 6-4, 4-6, 6-2 hisoblarida mag'lub etadi. Nimchorakdagi bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan bo'lgan bahsni to'g'ridan-to'g'ri ko'rib Istominga achinib ketdim. Agar o'sha eski jarohat bo'lmaganida, exx... Birinchi setni 6:2 hisobida g'alaba qozongan Denis raqibiga hech qanday imkon yo'qligini ko'rsatib turardi. Ammo, ikkinchi setning tay-brekida tizzadan olingan eski jarohat pand berdi. Markaziy stadiondagi muxlislarning ko'pchiligi Istominni qo'llab-quvvatlab turardi. Denis baxsni to'xtatib, uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortsa ham bo'lardi. Lekin, u muxlislar hurmati uchrashuvni oqsoqlagancha bo'lsa ham yakunlay oldi 6-2, 6-7,(2) 2-6, 1-6. Garchi mag'lub bo'lsada butun stadion uni tik turgan holatda olqishlardi.



SHu turnirdan so'ng Istomin 180 reyting jamg'arib, o'zi uchun odatiy bo'lib qolgan "TOP100"ga qaytdi. SHu musobaqadan so'ng yana umid uchqunlari yona boshladi. Fevral oyida birinchi raqamli tennischimiz O'zbekiston terma jamoasi tarkibida "Devis kubogi" saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarda uchchala uchrashuvda ham g'alabaga erishib, termamizni keyingi bosqichga olib chiqdi. SHundan so'ng fevral oyida natijalar yana pasaya boshladi. Rotterdammda ikkinchi davrada engildi. So'ng Dubay, Indian Ueells, Mayami, Barselona, Estoril, Madrid va Rim shaharlaridagi ATP turnirlarida hatto ilk davradan o'tolmadi. May oyida Lion shahrida ikkinchi davrada Milosh Raonichga yutqazadi. "Rolan Garros"da esa kutilmaganda ikkinchi davrada Janubiy Koreya vakili CHong Xeonga uch setda (1-6 5-7 1-6) yutqazib qo'ydi. Keyin yana mag'lubiyatli seriya davom etadi. Avvaliga, Xertogenbosh, Xalle, keyin ketma-ket Antaliya, "Uimbldon", Umagdagi turnirlarda ham ilk bosqichdan o'ta olmaydi. Faqatgina iyul oyida SHveycariyaning Gshtaad shahridagi turnirda chorak finalga qadar etib boradi va u erda Ispaniya vakili Roberto Bautista Agutga ikki setda mag'lub bo'ladi. So'ng Amerika turnesida Cincinnati va Uinston-Salemda mag'lubiyat alamini totib ko'radi. Eng alamli mag'lubiyatni esa "US Open"da qabul qilib oladi. Ilk davrada ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarshi 5 soatlik jangda 6-4, 6-7(4), 5-7, 7-6(3), 5-7 hisobi qayd etiladi. SHunday bo'lishiga qaramasdan, ushbu uchrashuvda Istomin yil boshidagi formasiga ancha yaqinlashgani ko'rinib turardi. Buning samarasi keyingi musobaqalarda ko'rindi. Bungacha "Istomin yana "TOP100" dan chiqib ketadiyov", "ishonchni umuman oqlamay qo'ydi", "Istominning vaqti o'tdi" degan muxlislar ham topildi oramizda.

Sentyabr oyi Istomin uchun omadli keldi. Avvaliga Turkiyada "Istambul CHellenjer"da chorak finalgacha, keyin Metcdagi ATP turnirida chorak finalgacha etib bordi va oyning oxirgi haftasida Xitoyning CHengdu shahrida mukofot jamg'armasi 1 million dollardan ortiq bo'lgan turnirda g'alaba qozonib, barchamizga quvonch ulashdi. Sportchimizning ushbu turnirdagi natijasi bilan tanishing:

1/16 final: STRUFF, Jan-Lennard (GER) 6-3 7-6(3)
1/8 final: XACHANOV, Karen (ROS)6-3 6-2
CHorak final: DONALDSON, Jared (AQSH)2-6 7-5 7-6(5)
Yarim final: SUGITA, Yuichi (YAPO) 6-26-7(4)6-0
Final: BAGDATIS, Marcos (KIPR) 3-2 RAD.



G'olibga 183 435 AQSH dollari pul mukofoti hamda 250 reyting ballari berildi. Ushbu g'alabasi evaziga Denis "TOP50"ga yaqinlashib oldi. So'ng Toshkentdagi "CHellenjer"da yarim finalgacha etib bordi. SHundan so'ng Istomin o'z uslubida ketma-ket Stokgolm, Bazeldagi turnirlarda, shuningdek, Parijdagi "Masters"da ilk davrada mag'lub bo'ldi va odatga ko'ra mavsumni yakunladi.

Uchrashuvlari statistikasiga qarasak 28-28 tenglik. Hozir Istomin reytingda 63-o'rinda. Yil oxirigacha 50-60 reyting ochkolarini yo'qotadi. SHunda ham uzog'i 65-o'rinlargacha pasayishi mumkin. Undan ortiq emas.

Yangi mavsumdan nima kutish mumkin? 2018 yilda faqat oldinga siljishni kutishimiz mumkin. CHunki birinchidan dam olish uchun ikki oy vaqti bo'ladi, ikkinchidan AOda ilk davrada mag'lub bo'lgan taqdirda ham 85-90 o'rinlargacha tushadi, ammo, keyin sentyabrgacha himoya qiladigan ochkolari deyarli yo'q hisob. Demak, bemalol yo'qotilgan o'rinlarni to'ldirsa bo'ladi. Umuman olganda, Denis Istomindan yangi mavsumda mazmunli o'yinlarni kutib qolamiz. Denisdan ikki uch yil masuliyatni yolg'iz o'zi zimmasiga olishga to'g'ri keladi. CHunki, yaqin yillarda Jo'rabek Karimov, Xumoyun Sultonovlar boshchiligida yangi avlod vakillari dunyo tennisiga yorib kirishadi degan umiddamiz!!!

Olamsport.com sayti uchun mahsus Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
27 noy 18:04:04
Bekobod••©aL Rural exist from!!!
Husniddin admin bösayam bõladi Olamsportga
+1   
28 noy 20:00:21
Fourcade
ha esimda zur o'yin bulgandi Jokovich bilan , yangi yilga yaxshi natijalar kutib qolamiz .
   
28 noy 08:55:50
uktam
olg'a Denis
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing