So’nggi yangiliklar

13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0

02 avg 18:23
Yangiliklar

Tennis, Velosport

Denis Istomin va Olga Zabelinskayaga 100 million so'mdan pul mukofoti taqdim etildi

Roppa-rosa 1 yildan so'ng shu kunlarda barchaning diqqat-etibori kunchiqar yurt poytaxti hisoblanmish Tokio shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o'yinlarida bo'ladi.

Ayni paytga kelib, O'zbekiston terma jamoasi vakillarining ham mazkur musobaqaga qo'lga kiritgan yo'llanmalari mavjud. Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Tokio-2020ga licenziya qo'lga kiritgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham ishtirok etdi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar qilmoqda. 


Bugungi kunga kelib, delegaciyamiz Tokioda o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari uchun 2 ta, XVI Paralimpiya o'yinlari uchun 1 ta yo'llanma qo'lga kiritgan. Mazkur tadbirda 3 nafar qahramonimiz: Denis Istomin (tennis), Olga Zabelinskaya (velosport) va Server Ibragimov (Paralimpiya o'q otishi)100 million, ularning murabbiylari esa 50 million so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Pul mukofoti va sertifikatlar o'zbek sportining faxriylari Komiljon Xudoyberganov va Vasiliy Korbut tomonidan taqdim qilindi.

Hozirda Olga Zabelinskaya hamda Server Ibragimov oldinda turgan yirik musobaqalarga tayyorlanayotgani uchun bugungi tadbirda ishtirok eta olishmadi. Ularga topshirilgan mukofot pullari esa federaciya rasmiylari orqali eltib beriladi. Hukumatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday etibor Olimpiada licenziyasi uchun kurash olib borayotgan qolgan atletlarimizga qo'shimcha motivaciya berishini alohida takidlash joiz. Tantanali tadbir yakunlanganidan so'ng shu erning o'zida federaciyalar rahbariyati ishtirokida yangi sport obektlarini qurish mavzusiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 avg 19:54:09
Adilbek
IStomin talabaga oqshab qoptimi :) qoil mukofot muborak Istomin
   
02 avg 19:37:45
Nuriddin 77
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккаласи неча йиллар давомида миллий терма жамоанинг 1-рақамли теннисчиси бўлиш учун рақобатлашиб келишар эди. Энди мукофот тақсимланаётган жараёнда...
Farruh Dòstov hech qachon raqobatdosh bòlolmagan.
   
02 avg 19:14:05
Bek
Aziz foydalanuvchining fikriga javob berish
яхши савол
Иккаласи неча йиллар давомида миллий терма жамоанинг 1-рақамли теннисчиси бўлиш учун рақобатлашиб келишар эди. Энди мукофот тақсимланаётган жараёнда...
   
02 avg 19:10:38
Aziz
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Фаррух Дўстов қачондан Дениснинг мураббийи бўлиб қолди?
яхши савол
   
02 avg 19:03:13
Bek
Фаррух Дўстов қачондан Дениснинг мураббийи бўлиб қолди?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing