21 jan 21:03
Yangiliklar

Denis Istominning 1/8 finaldagi raqibi malum bo'ldi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi dunyoning 31-raketkasi ispaniyalik Pablo Karreno Bustani besh set natijasiga ko'ra mag'lub etdi. Roppa-rosa 3 soatu 30 daqiqa davom etgan bahsda Istomin kuchli raqibini 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida engdi.
Bundan bir necha daqiqa avval Istominning 1/8 finaldagi raqibi malum bo'ldi. Franciyalik Rishar Gaske va bolgariyalik Grigor Dimitrov o'rtasidagi uchrashuvda hamyurtimizninng raqibi aniqlandi.
Uchrashuvda Dimitrov deyarli raqibini qiyinchiliksiz 6:3, 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Istomin - Dimitrov bahsi 23 yanvar kuni tong saharda bo'lib o'tadi.
Taqqoslash uchun, Dimitrov dunyo reytingida 15, Gaske esa 18-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 117-pog'onadan joy olgan. Lekin reyting nisbiy holat ekanligini Istomin avvalgi uchrashuvlarda isbotladi.
Fikrlar