08 may 09:27
Yangiliklar
Tennis
Denis Istominning raqibi malum, u dunyoning 14-raketkasi!
Xabar berganimizdek, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniya poytaxti Madrid shahrida davom etayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'riga yo'llanma olgan edi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 6 408 230 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra asosiy to'rning ilk davrasida Tomash Berdixga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 85, chexiyalik tennischi 14-o'rinni egallab turibdi. SHu kungacha ikki tennischi o'zaro 5 marotaba to'qnash kelishgan va bu bahslarning barchasida Berdix g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar