11 fev 17:50
Yangiliklar
Tennis

Denis Istominning Rotterdamdagi raqibi malum bo'ldi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turnirining saralash bahslarida ikkinchi davraga yo'l olgandi.
Hozirgina Denisning asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvdagi raqibi malum bo'ldi. Dunyo reytingida 77-o'rinni egallab turgan Istomin britaniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Bedene saralashning oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan bo'lib, ilk saralash uchrashuvida gollandiyalik Nils Lutsmani ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida taslim etdi. Bedene ATP reytingida 109-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar