19 jan 18:01
Yangiliklar
Tennis
Denis SHapovalov Australian Open'ning ikkinchi davrasida g'alaba qozondi
Australian Open'ning ikkinchi davrasida yana bir murosasiz bahs bo'lib o'tdi.
Dunyoning 4-raketkasi, kanadalik tennischi Denis SHapovalov Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida jahon reytingida 54-o'rinni egallab turgan koreyalik Sung-Vu Kvonni 7/6, 6/7, 6/7, 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv 4 soatu 29 daqiqa davom etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0, kanadalik tennischi foydasiga.
SHapovalov Australian Open'ning uchinchi bosqichida amerikalik Reylli Opelka bilan kuch sinashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar