07 okt 16:26
Yangiliklar

Deontey Uaylder: "SHubhasiz, Usik bilan jang qilishni xohlayman"
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Aleksandr Usik haqidagi fikrlari haqida bilan o'rtoqlashdi.
"SHubhasiz, men Usik bilan jang qilishni xohlayman. Uning aytayotgan so'zlari menga yoqyapti. Usik men Fyurini nokaut qilishim haqida gapirgandi. U Joshuani revanshda nokaut qilishi haqida ham aytdi.
Usik - hurmatli inson. U o'z so'zida turadi. Juda ko'p yigitlar kamarga ega chiqib ko'ngilochar ishlar bilan shug'ullanishni boshlashadi. Menimcha, Usik haqiqiy jangchi va o'z so'zlarining ustidan chiqadi.
U bilan jangimni sabrsizlik bilan kutyapman. Men faoliyatimni faqat bitta chempion, bitta shaxs va bitta ism qolganda tugataman", - dedi Deontey Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi uchinchi jang 9 oktyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar