25 noy 09:52
Yangiliklar
“Devis Kubogi”. Final. Hisob qisqardi, kurash davom etadi
Bosh sovrin uchun uchun Franciya va Xorvatiya terma jamoalari o'zaro kortga chiqishyapti. Kecha “Lill” klubiga qarashli stadionda juftlik bahsi o'tkazildi va unda nihoyat mezbonlar zafar quchishdi.
Uch soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida francuzlar - Per-Yug Erber va Nikolya Mayu hamkorligi xorvatiyaliklar - Ivan Dodiga hamda Mate Pavichni 6/4, 6/4, 3/6, 7/6(3) hisobida taslim etishdi. Bugun hal qiluvchi ikkita yakkalik bahsi bo'lib o'tadi.
Agar SHardi CHilichni mag'lub eta olsa, muvozanat tiklanadi va hal qiluvchi so'nggi beshinchi bahs chempion nomini aniqlab beradi. Xorvatiyaning muddatidan avval chempion bo'lishi CHilichning qo'lida qolmoqda.
Yakshanba, 25 noyabr. Yakkalik
Jeremi SHardi - Marin CHilich
Jo-Vilfrid Tsonga - Borna CHorich
Fikrlar