25 noy 09:44
Yangiliklar
Tennis

Devis Kubogi. Final uchrashuvining birinchi kunidan so'ng tenglik
Tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi boshlandi.
Franciyaning Lill shahrida start olgan finalda mezbonlar hamda Belgiya terma jamoasi o'zaro to'qnash kelishyapti. Ilk uchrashuvda franciyalik Lyuka Puy Yakuniy turnir finalchisi, dunyoning ettinchi raketkasi belgiyalik David Goffenga 5:7, 3:6, 1:6 hisobida yutqazdi.
Yana bir mezbon tennischi Jo-Vilfrid Tsonga esa Stiv
Darsisni 6:3, 6:2, 6:1 hisobida engib, o'rtadagi muvozanatni tikladi: Franciya – Belgiya- 1:1. Bugun juftlik bahsi o'tkaziladi. Unda Rishar Gaske / Per-Yug Erber hamkorligi
Ruben Bemelmans / Yoris de Loore tandemiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar