27 noy 07:56
Yangiliklar

Devis Kubogi. Franciya - 10 karra kubok sohibi!
Franciyaning Lill shahrida o'tkazilgan hal qiluvchi final uchrashuvida Franciya va Belgiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Beshta bahsdan iborat final yakunida francuzlar 3:2 hisobida g'alaba qozonib, ushbu musobaqaning 10 karra chempionlariga aylanishdi.
G'olib nomini aniqlab bergan hal qiluvchi uchrashuvda dunyoning 18-raketkasi Lyuka Puy reytingda 76-o'rinni egallab turgan Stiv Darsisni 6:3, 6:1, 6:0 hisobida mag'lub etib, jamoasiga kubokni taqdim etdi.
Devis Kubogining 10 karra chempioniga aylangan Franciya terma jamoasi so'nggi bor 2001 yilda ushbu musobaqa chempioni bo'lgan edi. AQSH terma jamoasi eng ko'p - 32 marotaba Devis Kubogiga ega chiqqan. Avstraliyada 28ta titul bor.
Fikrlar