04 fev 13:25
Yangiliklar

Devis Kubogi. J.Koreya - O'zbekiston - 1:2. Juftlikda muhim g'alaba
Bugun juftlik uchrashuvi o'tkazildi. Kechagi yakkalik bahslaridan so'ng hisob 1:1 ko'rinishda bo'lib turgandi. Mezbonlar vakili Xyon CHon hamyurtimiz Sanjar Fayzievni besh set natijasiga ko'ra mag'lub etgan bo'lsa, Denis Istomin Dak Xi Lini to'rt setda engan edi.
Quvonarlisi, hozirgina yakuniga etgan juftliklar uchrashuvida hamyurtlarimiz muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Xyon CHon Yun va Kyu Lim tandemiga qarshi kortga chiqqan Denis Istomin hamda Sanjar Fayziev zafar quchishdi.
To'rt soatu 17 daqiqa davom etgan 5 setdan iborat uchrashuvda Denis va Sanjar mezbon tennischilarni 6:3, 6:7(10:12), 6:7(5:7), 7:5, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Ertaga ikkita yakkalik bahsi o'tkaziladi.
Yakshanba, 5 fevral
Xyon CHon - Denis Istomin
Dak Xi Li - Sanjar Fayziev
Fikrlar
Yoki oldingi yozuvni endi qoydimikan diman
Sal e'tiborli bolinglar