17 sen 12:37
Yangiliklar
Tennis
Devis Kubogi. O'zbekiston - Yaponiya 2:1. Juftlikda irodali g'alaba
Toshkentda norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi"ning Jahon guruhi 1-bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvi davom etmoqda.
Hozirgina ushbu qarama-qarshilikda juftliklar o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Sanjar Fayziev va Denis Istomin tandemi yaponiyaliklar Kaito Uesugi hamda Yosuke Vatanuki hamkorligiga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda Istomin va Fayziev juftligi 3/6, 7/6(2), 6/2 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Bu bilan O'zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida oldingi chiqib oldi.
Birozdan so'ng Sergey Fomin - SHo SHimabukuro bahsi boshlanadi. Umid qilamizki, Denis Istomin - SHintaro Mochizuki uchrashuviga hojat qolmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar