06 apr 12:51
Yangiliklar

Devis Kubogi. Pokiston - O'zbekiston 0:1. Istominda g'alaba
Xabar berganimizdek, bugun Islomobod shahrida Pokiston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogi bahslari boshlandi.
Ikki terma jamoa o'rtasidagi bahslarni Denis Istomin va Aysam ul-Haq Qurayshi o'rtasidagi uchrashuv boshlab berdi. Birinchi set g'olibi tay-brekda aniqlandi. Uzoq davom etgan seriyadan so'ng Istomin raqibini 19:17 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi setning beshinchi geymidan keyin esa Qurayshi bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. SHu tariqa Pokistonga qarshi uchrashuvda hisobda oldinga chiqib oldik. Birozdan so'ng Sanjar Fayziev va Aqil Xon o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
Devis kubogi. Osiyo/Okeaniya mintaqasi, ikkinchi bosqich
Pokiston, Islomobod. Pokiston sport majmuasi. CHimli kortlar
Pokiston - O'zbekiston 0:1
Aisam Kureshi - Denis Istomin 6:7(17:19), 1:4 (rad)
Aqil Xon - Sanjar Fayziev
Aqil Xon/Aisam Kureshi - Sanjar Fayziev/Jo'rabek Karimov
Aqil Xon - Denis Istomin
Aisam Kureshi - Sanjar Fayziev
Fikrlar