18 dek 16:42
Yangiliklar
Futbol

Diego Forlan murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin
Urugvay terma jamoasi sobiq o'yinchisi Diego Forlan murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.
Urugvayning "Penyarol" klubi rahbariyati jamoaga Forlanni bosh murabbiy etib tayinlash masalasida u bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
"Men boshqa nomzodlar borligini bilaman, ammo menga ahamiyat berishayotgani muhim jihatdir", - deydi Forlan.
Forlan 28 dekabr kuni o'zining xayrlashuv uchrashuvini "Sentenario" stadionida o'tkazadi.
"Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Inter" kabi nomdor jamoalarda o'ynagan sobiq hujumchi shu yilning 6 avgust sanasida faoliyatini yakunlagan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar