13 iyu 12:28
Yangiliklar
Futbol
Rasmiy: Diego Forlan - Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi!
“Atletiko”, "Manchester Yunayted" va "Inter" sobiq futbolchisi Diego Forlan Urugvay terma jamoasini boshqaradi.
Bu haqda Urugvay futbol associaciyasi prezidenti Ignasio Alonso malum qildi.
Forlan milliy terma jamoani JCH-2026 pley-off bosqichiga olib chiqa olmagan Marselo Belsani almashtirdi. Forlan kelasi yil boshida Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etadigan Urugvay U20 yoshlar terma jamoasini ham boshqaradi.
Forlan asosiy terma jamoa bilan kamida mart oyigacha ishlaydi. Urugvay futbol associaciyasi prezidentlik saylovlaridan so'ng murabbiyning kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

Havola :
Fikrlar