15 apr 10:48
Yangiliklar
Futbol

Diego Kosta faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
Kostaga Italiyada takliflar bor.
“Roma” hamda “Napoli” klubi vakillari Diego Kostaning agenti bilan aloqaga chiqqani aytilmoqda. 31 yoshli hujumchi yozgi transferlar vaqtida “Atletiko”ni tark etishi kutilmoqda. Aslida Kostaning Madrid klubi bilan yana bir yillik kelishuvi bor. Biroq “matraschilar” hamon futbolchiga yangi bitim taklif qilgani yo'q. SHu boisdan Kostaning jamoadan ketish ehtimoli yuqori. Italiya klublari esa Kostaga yaxshigina maosh bilan 3 yillik bitim taklif qilishga tayyor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar