So’nggi yangiliklar

19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:28"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди 0 17:02Юнон-рум кураши бўйича U20 терма жамоамиз Минскдаги халқаро турнирда қатнашади 0 16:38PFL Dubai иштирокчилари эртанги турнир олдидан вазн ўлчаш маросимида қатнашишди 0 16:09Милан-Кортина-2026. Ўзбекистон делегациясининг очилиш маросимидаги байроқдори ким бўлиши эълон қилинди 0 15:46"Андижон" ва Хомяков. ФИФА мураббий фойдасига қарор чиқарди 0 15:20Расман. Алишер Ғаниев ва Айтжан Халмаханов PWL 11 турнирида қатнашади 0 14:53ИНТЕРВЬЮ. Конор билан кўришиш қанча? Макгрегорнинг спарринг-шериги жавоб беради 0 14:32"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди 0 13:50Лос-Анжелес-2028 Олимпия ўйинларига саралаш тизими тасдиқланди 0 13:29Ўзбекистон делегациясининг Милан-Кортина-2026 қишки Олимпиадасида фойдаланадиган либослари намойиш этилди (ФОТО) 0 13:08Икарди тарихий ютуққа эришди 0

06 iyu 15:40
Yangiliklar

Boshqalar

Dietolog maslahati: mashg'ulot vaqtida suvni istemol qilish qoidalari

Teglar :  Dietolog
Qadrli sportchi va trenerlar hamda sport ishqibozlari.

Dietolog Ilhomjon Otajonovning tavsiya va maslahatlarini berib boramiz. O'ylaymizki, dietolog maslahati sizning sportda yuqori natijalarga erishishingiz, eng muhimi, sog'lom bo'lishingizda qo'l keladi.

Kishi organizmini o'rtacha 80 foiz suv tashkil etadi. Miya 75 foizdan 85 foizga qadar, mushaklar esa 70 foiz suvdan iborat va bu zaxira har doim bir xil muvozanatda ushlab turilishi shart. Ayniqsa, sportchilar tanasidagi o'z-o'zini sovitish tizimi (termoregulyator) barqaror ishlab turishida suvning o'rni juda muhim.

O'rtacha vaznli inson tanasidagi muvozanatni barqaror ushlab turishi uchun sutkasiga 2 litr suv istemol qilishi shart. Mutaxassislar yoz kunlari sportchilarga o'rtacha 4 litr suv ichishni tavsiya qiladi. CHunki sportchilar zo'riqish ostidagi mashqlarni bajarganlarida, organizmning suvga bo'lgan ehtiyoji oshib ketadi. SHuning uchun sportchi hech qachon suvdan o'zini tiymasligi kerak.

Quyida sportchilar uchun suyuqlik istemol qilish borasida amaliy tavsiyalarni keltirib o'tamiz:

• Mashg'ulot yoki musobaqadan ikki soat oldin 500 ml suyuqlik ichish kerak, chunki yuklamadan oldin organizm o'ziga kerakli bo'lgan suv bilan to'yintirilish lozim.

• Jismoniy mashqlar paytida har 15-20 daqiqada 150-300 ml suyuqlik istemol qilish tavsiya etiladi, chunki jismoniy mashqlar paytida organizmni suyuqlik so'rilish intensivligi har soatda 1 kg tana vazniga 10-15 ml atrofida bo'ladi.

• Yuqori harorat yoki namlik sharoitida jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish odatdagi miqdordan ko'proq suyuqlikni istemol qilishni talab qiladi.

• Jismoniy mashqlar paytida chanqoqlik hissi tananing suyuqlikka bo'lgan ehtiyojining ishonchli ko'rsatkichi emas va jismoniy faoliyat paytida chanqoqlik hissi tana vaznining 2 foizga pasayishini aks ettirishi mumkin.

• Jismoniy yuklama davrida istemol qilinadigan tarkibida uglerodli suv (4-8%li, yani
1 litr suvda 40-80 g uglevodlar) tanani energiya va suyuqlik bilan taminlaydi, bu esa organizmda suyuqlikning so'rilishini buzmaydi, shu bilan birgalikda fruktoza uglevodlarni asosiy manbai hisoblanmaydi.

• Mashg'ulotdan so'ng, 1 kg «yo'qolgan» tana vazniga 1 litr miqdorida suyuqlik ichish tavsiya qilinadi, bunga yana siydik orqali chiqib ketadigan suyuqlikni qoplash uchun qo'shimcha 250-500 ml miqdorida suv ichish lozim.

• Biroz sho'r, salqin (10-12°C), hidli ichimliklar, shuningdek, shirinroq ichimliklarni o'zboshimchalik bilan istemol qilish suyuqlikka bo'lgan talabni oshishiga olib keladi.

• Natriy, kaliy va xlor ionlari tanadan ter bilan chiqib ketadigan asosiy elektrolitlardir. Ularning yo'qolishini qoplash uchun siz maxsus «sport» ichimliklari istemol qilishingiz yoki mashqdan keyin ichiladigan suyuqlikka ozgina tuz qo'shishingiz va kaliyga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan (masalan, banan, apelsin, citrus sharbatlari, sabzavotlar) istemol qilishingiz mumkin.

• Jismoniy mashqlardan so'ng, uglevod-elektrolit tarkibidagi suv yoki ichimliklar yordamida tanadagi suyuqlik balansining to'liq tiklanishini taminlash kerak. Spirtli ichimliklar va kofeinni o'z ichiga olgan ichimliklar organizmdan suyuqlikning chiqishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bu muvozanatni tiklash uchun etarli tasir ko'rsatmaydi.

• Gazlangan yaxna rangli ichimliklarni istemol qilish qatiyan man etiladi. Sportchilarga turli gazli ichimliklar ichish taqiqlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing