So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

27 noy 16:59
Yangiliklar

Dzyudo

Fast-fudlar va gazli ichimliklarning zararli oqibatlari haqida seminar o'tkazildi

Teglar :  DzyudoDietolog
O'zbekiston dzyudo federaciyasida tajribali dietolog-nutriciolog Gulchehra Hasanova tomonidan mamlakat o'smirlar va yoshlar terma jamoalari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda fast-fudlar, yani tez tayyorlanadigan taomlar hamda gazli ichimliklarning zaralarli oqibatlari mavzusida so'z bordi. Fast-fudlarni tez-tez istemol qilish kishida depressiya rivojlanishiga sabab bo'ladi. 

Bu taomlar tarkibidagi yog'li kislotalar miyaning hissiyotlarga javob beradigan qismiga tushib qoladi. Oqibatda esa ushbu omil odamda depressiya alomatlariga sabab bo'ladi.

SHuningdek, fast-fud istemoli insonni semirib ketishini taminlaydi. Muntazam fast-fud istemol qilish, yog'li ovqatlar meyorini bilmaslik, shirinliklarni pala-partish eyishlik oshqozon-ichak tizimi faoliyati buzilishiga olib keladi. 

Fast-fud tarkibida transyog'lar, yani ishlov berilgan to'yinmagan yog' kislotasi bor. Bu organizmda zararli xolesterin miqdorini oshiradi. Transyog' yurak salomatligi uchun ikki baravar katta muammo ekanligi malum: transyog'larni istemol qilish zararli xolesterin - LDL (past zichlikdagi lipoprotein) miqdorini oshiradi. 

Bu esa o'z o'rnida ifarkt va insult xavfini oshiradi. Qon tomirlari devorida qon aylanishiga xalaqit beradi, qon oqimini to'sib qo'yishi mumkin. Saraton kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin. Gazli ichimliklar esa oshqozon-ichak tizimi faoliyatini ishdan chiqaradi.  

Gulchehra Hasanova dzyudochilarimiz bilan muloqot chog'ida shular haqida batafsil malumot berdi. Yosh sportchilarimiz mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing