So’nggi yangiliklar

19:27Месси ва Роналду тарихда илк бор бир жамоада ўйнайди! 0 19:02Исроил Мадримов илмий унвонга эга бўлди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 18:42Шавкат Раҳмонов Махачевни танқид қилди 0 18:16Наоя Иноуэ фаолиятини қачон якунлаши мумкинлигини айтди 0 17:45Усикнинг жамоаси Тайсон Фьюрининг чақирувига жавоб берди 0 17:13"Барселона" собиқ футболчиси бутсаларини михга илди 0 16:42UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоевнинг вазнидаги ҳолат қандай? 0 16:13"Энди Пётр Янни нокаут қилишим мумкин. Биринчи жангимизда жуда ёш эдим" - Сонг Ядонг 0 15:40Арман Царукян: "Махачев билан жангми? Аввал енгил вазнда камида беш марта чемпионликни ҳимоя қилмоқчиман" 0 15:12"Манчестер Сити" футболчиси энди Саудия Арабистони Про лигасида ўйнайди 0 14:30Шавкат Раҳмонов нима учун Чимаев билан тушунмовчилик бўлгани ҳақида гапириб берди 0 13:45Қозоғистон Осиё ўйинлари учун таркибини расман эълон қилди 0 13:13"Торехан қайси асосга кўра танлаб олинди?". Жусуповнинг мураббийи Қозоғистон терма жамоасидаги адолатсизлик ҳақида гапирди 0 12:42ПСЖнинг 10 футболчиси "Олтин тўп" мукофотига даъвогарларнинг Топ-30`талигига киритилди 0 12:11Бекзод Қурбонов Германиядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0

18 mar 10:09
Yangiliklar

Dzyudo

Biz Evropadan ortda qolyapmizmi? Ukrainadan qaytgan dietolog bilan suhbat

Yaqinda federaciyalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh sport shifokorlari va dietologlar Ukrainaning Kiev shahrida tashkil etilgan o'quv kursida ishtirok etib qaytishgan edi.

SHubhasiz, bu ikki soha, yani sport shifokorlari va dietologlarning atletlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatida xissasi hamda xizmati katta. Bejizga sporti taraqqiy etgan mamlakatlar bu yo'nalishga alohida etibor qaratmaydi. Bizning federaciya va klublarimiz ham taraqqiyotdan ortda qolmaslik uchun jahon tajribasiga murojaat qilishyapti.  

Yuqorida takidlaganimiz Kievdagi tadbir ham O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan uyushtirildi. Ukraina Jismoniy tarbiya va sport Milliy universitetida o'tkazilgan o'quv kursida O'zbekiston dzyudo federaciyasi dietologi Gulchehra Hasanova ham ishtirok etdi. Biz dietologimiz bilan safar taassurotlar yuzasidan suhbatda bo'ldik. 

- Ukrainadan katta taassurot bilan qaytdik, - deya so'z boshladi dietologimiz. - Bizga bevosita Olimpiada va jahon chempionlarini tayyorlagan tajribali mutaxassislar saboq berishdi. O'quv kursini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston va Ukraina sport shifokorlari hamda dietologlari o'rtasida tajriba almashish, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat edi. Ishonch bilan ayta olamanki, uch kun davom etgan o'quv kurslari o'zbekistonlik mutaxassislar uchun juda ham foydali bo'ldi.

- Sportda dietologlarning o'rni va roli oshib boryapti. Natijalarning ijobiy bo'lishida siz va hamkasblaringizning xissasi ham katta. SHunday emasmi?

- Bilasizmi, biz murabbiylar bilan bir tilda gaplashishimiz kerak. Aks holda natija ijobiy bo'lmaydi. SHuningdek, sport nutriciologiyasini laboratoriya va funkcional diagnostikasiz tasavvur qilish qiyin. Bularsiz sportchiga hech narsa tavsiya qila olmaymiz. Foydali koeficentlarni ham aniqlab bo'lmaydi. O'quv kursida shu hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzular haqida so'z bordi. 

- Evropadagi hamkasblaringiz bilan muloqotda bo'lib, tajriba almashdingiz. O'zbekiston bilan taqqoslaganda, ularda qanday yangiliklar va shu bilan birga ustunliklar bor?

- Bizdan farqli jihati shundaki, Ukrainada laborator diagnostikaga juda katta etibor qaratiladi. Evropadan keltirilgan jihozlar yordamida sportchilardan o'ta aniq taxlil olinib, shunga monand tarzda tashxis qo'yiladi. Keyin biologik faol qo'shimchalardan samarali foydalanishadi. Bizdan yana bir farqli tomoni, taomlar tayyorlashda asosan tovuq va baliq go'shti ishlatiladi. Mol va qo'y go'shtini deyarli istemol qilishmaydi. Dengiz mahsulotlari juda ko'p va keng assortimentda ekaniga guvoh bo'ldim. 

- Tovuq va baliq go'shtidagi kaloriya mol va qo'y go'shtidagi kaloriyadan kuchliroqmi?

- Yo'q. Kaloriya jihatdan mol va qo'y go'shti kuchli va to'yimli hisoblanadi. Biroq ular nisbatan qiyinroq hazm bo'ladi. Baliq go'shtining esa foydali tomonlari ko'proq deb o'ylayman. CHunki, dengiz balig'i omega-3 singari foydali moddalarga juda boy. Dzyudo sport yakkakurashlari oilasiga mansub bo'lgani uchun o'rtacha 5000-6000 kilokaloriya (kkal)ga mo'ljallab taomnoma tayyorlash kerak. 

- Bugungi kunda sohangizda nimaga ko'proq etibor qaratish kerak deb hisoblaysiz?

- Hozirda individual taomnoma tuzish o'ta aktual, yani dolzarb masala. Bunga Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi hamda Sport tibbiyoti markazi bilan hamkorlikda genetik qon tahliliga ko'ra licenziyaga ega bo'lgan sportchilarga individual taomnoma tuzish ustida ish olib boryapmiz. Bugungi kunda sog'lom ovqatlanishni nafaqat sportchilar, balki barchaga birdek tadbiq etish kerak. Faqat shundagina qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, kamqonlik kabi juda ko'p xastaliklarning oldi olingan bo'ladi. Sog'lom ovqatlanish deganda xalqimiz ko'pincha dieta qilish tushunchasini tushunadi. Bu noto'g'ri. Bunda racional ovqatlanishni tushunish kerak. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing