So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

04 may 08:14
Yangiliklar

Boshqalar

Dilmurod Nabiev: “Birgalikda bu falokat oqibatlarini bartaraf etamiz“

Xabaringiz bor, joriy yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to'g'onining bir qismi o'pirilishi natijasida suv omboridan chiqqan suv oqimi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar etkazdi.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, suv ombori atrofidagi hududlar aholisi xavfsiz joyga evakuaciya qilinib, boshpana va oziq-ovqat bilan taminlandi.

Bugun, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Sardobadagi fojia natijasida uy-joyidan ayrilib, Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga joylashtirilgan 700 nafarga yaqin fuqaroning holidan xabar oldi va sardobaliklarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

– Bu falokat birgina sizlarning boshingizga kelgan musibat emas. Bugun butun xalqimiz siz bilan birga. Hammamiz birlashib, bu baxtsiz hodisa oqibatlarini tezroq bartaraf etishga harakat qilamiz. Aslo tushkunlikka tushmang, tez kunlarda yana odatiy hayot tarziga qaytasizlar. Bu erda siz va farzandlaringiz uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi, – deb aytib o'tdi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev Guliston IOZMIga joylashtirilgan aholi bilan muloqot chog'ida.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tabiiy ofatdan aziyat chekkan Sardoba tumani aholisiga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 12 turdagi jami 1500 dan ortiq sport jihozlari, 5 xildagi issiq kiyim-kechak, gigienik vositalar hamda bolalar uchun badiiy kitoblar jamlanmalari va maktab-o'quv qurollari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing