So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

30 apr 12:44
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro turnir. Butun Turon xovosliklarga havas ila boqdi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani haqida eshitgansiz.

Tumanning Qayirma degan qishlog'i bor. Odamlari mehnatkash, sportsevar. Ayniqsa, belbog'li kurashning chin ustalari, elkasi er ko'rmagan polvonlari ko'p bu zaminning. SHundanmi, belbog'li kurash ixlosmandlari,sportchi va murabbiylar har yili ushbu qishloqda o'tadigan yirik xalqaro turnir — “Xalqaro do'stlik kubogi” musobaqasini intiqlik bilan kutadi. 

Sayil kurashi musobaqasining yana bir ahamiyatli tomoni, turnir belbog'li kurash rivojiga katta hissa qo'shgan, ammo bugun oramizda bo'lmagan ustoz polvonlar xotirasiga bag'ishlab o'tkazilishidir.

Xovos tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Sirdaryo viloyati belbog'li kurash federaciyasi hamda homiylar hamkorligidagi bu yilgi turnirda yurtimiz polvonlaridan tashqari Tojikiston, Qirg'iz Respublikasidan belbog'li kurash ustalari ishtirok etishdi.

Kun davomida qariyb 5000 nafardan ziyod kurash ixlosmandi chin manoda yayradi. Ko'p-ko'p solimlar berildi. Muxlislar Baxtiyor Jumaboev, Husan Abduhakimov, Farrux Narzullaev, Umidjon Ortiqov, Bobur To'xtasinov kabi polvonlarning abjirligiga, mahoratiga tahsinlar o'qidi. G'oliblar qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.    

— Belbog'li kurash sirdaryoliklarning qon-qoniga singib ketgan, - dedi biz bilan suhbatda xalqaro turnir tashkilotchisi, sport fidoyisi, Sirdaryo viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Mamur Umarov. — Mana bugun ham dongdor kurashchilar bilan bir qatorda ko'plab yosh polvonlar mardlar maydonida o'z omadini sinab ko'rdi, kuch va mahoratini sinovdan o'tkazdi. 

Ayniqsa, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasidan el orini elkasiga olgan polvonlarning kelishi, ular ijrosidagi hayajonli bellashuvlar ananaviy turnirimizga yanada joziba bag'ishladi. Bundan tashqari, hayajonli tadbir qardosh xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga hissa qo'shdi.

Murabbiylar shogirdlarining tayyorgarligi va darajasini ko'zdan kechirib olishdi, qo'shish joiz bo'lsa, xalqaro miqyosda tajriba almashindi... Viloyat federaciyasi raisi to'g'ri takidladi, mazkur xalqaro turnir har tomonlama foydali bo'ldi. Yangi nomlar, chempionlar kashf etildi. Polvonlar katta-katta solimlarga, sportsevar sirdaryoliklar esa olam-olam taassurotlarga ega chiqishdi. Eng asosiysi, xayrli tashabbus qanot yozdi, bardavom bo'ldi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan xalqaro turnir davomida faxriy polvonlar qadrlandi, diydordan ko'ngillar yayradi. SHuningdek, Sirdaryoning faxriga aylangan alplar, polvon bobolar xotirlandi, ularning-da, pok ruhlari shod bo'ldi...

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing