20 noy 08:11
Yangiliklar
Tennis

Dimitrov - ATP Yakuniy turniri g'olibi!
Angliyaning London shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri o'z nihoyasiga etdi.
O2 Arena korti mezbonlik qilgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda Grigor Dimitrov bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Bolgariyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik
David Goffindan ustun keldi. Grigor 2 soatu 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibini
7:5, 4:6, 6:3 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, Grigor Dimitrov dunyo reytingida oltinchi,
Goffin esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. Ikki tennischi o'rtasida o'zaro uchrashuvlardagi hisob 4:1ga etdi, Dimitrov foydasiga.
Havola :
Fikrlar