09 jan 09:30
Yangiliklar
Tennis

Dimitrov – Brisben turnirida tengsiz bo'ldi!
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi.
Grigor joriy mavsumdagi ilk ATP 250 toifasidagi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi yaponiyalik Kei Nisikorini mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Dimitrov dunyo reytingida 17-o'rinni egallab turganligiga qaramay, kuchli raqibini 6:2, 2:6, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Dimitrov Brisben turnirida TOP-10talikdan joy olgan tennischilar Milosh Raonich va Dominik Timdan ustun keldi.
Grigor Dimitrov Brisben turniridagi bir haftalik mehnati uchun 77,980 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli hamda qimmatli 250 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
FINAL
Grigor Dimitrov (Bolgariya, 7) – Kei Nisikori (Yaponiya, 3) – 6:2, 2:6, 6:3
Havola :
Fikrlar