21 avg 08:44
Yangiliklar
Tennis

Dimitrov Cincinnatida salkam 1 mln dollar ishlab topdi
AQSHning Cincinnati shahri mezbonlik qilgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirda g'olib nomi malum bo'ldi.
Western & Southern Open turnirining sovrin jamg'armasi 5 million 627 ming 305 dollarni tashkil qildi. Final bahsida bolgariyalik Grigor Dimitrov avstraliyalik Nik Kirosga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 25 daqiqa
davom etgan uchrashuvda dunyoning 11-raketkasi hisoblangan Dimitrov 6:3, 7:5
hisobida g'alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Grigorga 954 ming 225
dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar